avatar
Куч
7.86
Рейтинг
+2.89

Atajanova Iroda Xolilla qizi

Мақолалар

O'zbekistonim

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан

Posponlaring qo'riqlaydi tinchligingni,


Farzandlaring to'ldiradi beshigingni,


Mehmon qoqib turar doim eshigingni,


Mehmondo'st xalqim O'zbekistonim.


 


Yov kelsa asraguvchi o'g'lonlaring bor,


Mustahkam poydevorli qo'rg'onlaring bor,


Doimo suyanguvchi do'st-yoronlaring bor,


Aziz sajdagohim O'zbekistonim.


 


Go'zal vodiylar-u mag'rur bu tog'lar,


Bu azim daryolar,go'zal chorbog'lar,


Ko'zni qamashtiruvchi sermeva bog'lar,


Sen dunyo jannati O'zbekistonim.


 


Sen go'zalsan,ajoyib diyor,


Bizga bergan ne'mating bisyor,


Senga doim tinchlik bo'lsin yor,


Sen buyuk vatanim O'zbekistonim! 


 


Iroda Atajanova

Hazil

Блог им. zaxrushka

Mening haqimdagi g`iybatlar yolg`on,


Ixtiyor o`zimda bo`lsa qaniydi.


Sharob ichish menga Xayyomdan qolgan,


Ichmasam ul zotning ko`ngli ranjiydi.


 


O`zim boshladimmi, o`zim qilgum bas,


Do`stlarim behuda zavolim izlar,


Agar qirqqa kirmay o`lsam, may emas,


Meni xarob etgan bevafo qizlar...!